Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda viloyat IIO FMB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 28 sentyabr kuni soat 11:15lar atrofida Samarqand shahar Dahbed ko‘chasida beshta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q.
Barcha haydovchilardan yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, tezlikni me’yoridan oshirmasdan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz, — deyiladi xabarda.