Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

A A A
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Zayniyev Suxrob Sabirovich Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

S. Zayniyev 2003 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2006 yilda magistratura, 2010 yilda aspirantura bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida mazkur oliy o‘quv yurtining pediatriya fakulteti dekani o‘rinbosari, stomatologiya fakulteti dekani, Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-klinikasi bosh shifokori o‘rinbosari kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega S.Zayniyev tayinlovga qadar Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida mehnat qilib kelayotgan edi.

Kiritildi: 12:02 31.10.2023. O'qildi: 6616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!