Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik orqali 28 milliard 896 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy sarflangan.
Shuningdek, “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent hududiy boshqarmasi o‘tkazgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 2 milliard 747 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Xususan, Shayxontohur tumanidagi “B.” uy-joy shirkatining 17 dona elektr hisoblagichidan 9 tasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 726 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy sarflangan.
Olmazor tumanidagi “F.T.” MCHJ elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirmagani sababli 1 milliard 159 million so‘m zarar keltirilgan. Bundan tashqari, O.Bobojonov ko‘chasi 20-uy manzilidagi turar-joy binosining elektr hisoblagichi “HET Billing” tizimiga kiritilmasdan foydalanilgan va bunda 862 million 200 ming so‘mlik zarar aniqlangan.
Inspeksiya axborot xizmatining xabar qilishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.