Xabaringiz bor, yurtimizda tibbiyotning birlamchi tizimi orqali aholi tibbiy xatlovdan o‘tkazilyapti. Natijada fuqarolar salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘rt guruhga ajratib olinmoqda.
❇️ Xususan:
🧍🏻1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar;
🚶🏻2 past xavf guruhi — tez-tez kasal bo‘luvchilar;
😮💨 3 o‘rta xavf guruhi — surunkali kasalliklari bor bemorlar;
🛏 4 yuqori xavf guruhi — o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yotib qolgan, nogiron bemorlar.
🏥 Sog‘liqni saqlash vazirligi salomatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mazkur to‘rt guruhga mansub aholi uchun alohida eslatmalar tayyorladi.
🔖 1 tayanch guruhi — amaliy sog‘lom shaxslar uchun eslatma:
🥗 Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!
🍜 kun davomida oz-ozdan 4-5 marotaba ovqatlaning;
🥦 kamida 400 gr. meva va sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiling;
🍔 tarkibida yog‘, qand va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni cheklang;
⏰ kechki ovqatni 19:00 dan kechiktirmang.
🏃🏻Jismoniy faollik!
👫 10-15 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaring;
🏃🏻♀️ kun davomida kamida 30 daqiqa jismoniy mashq qiling;
🚶♂️kechki sayrga chiqing;
⛹️ imkon qadar sportning biror turi bilan shug‘ullaning.
🚬 Tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan yiroq bo‘ling!
🖇 zararli odatlar salomatlikka putur yetkazadi va umrni qisqartiradi.
📌 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling!
🧼 qo‘llaringizni ovqatdan oldin va keyin, ko‘chadan uyga kirganda va hojatdan so‘ng albatta sovunlab yuving;
🛌 kuniga 7-8 soat uxlang;
👨⚕️ yilda bir marotaba oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘ting;
🔬 maqsadli skrining ko‘riklarida qatnashing.