«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh klub bilan munosib tarzda xayrlashishga umid qilayotganini bildirdi.
Avvalroq misrlik futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishini e’lon qilgan edi. Bugun u APLning 33-turi doirasida «Everton»ga qarshi kechgan derbida (2:1) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Bu ajoyib tuyg‘u. Eng muhimi — jamoaga xotirjamlik va ishonch hissini berishda yordam berishdir. O‘yindan oldin bizni oson bo‘lmagan, og‘ir bahs kutayotganini bilardik va g‘alaba qozonganimizdan xursandman».
«Liverpul» tarkibida atigi bir nechta o‘yini qolgani haqida: «Ha, shunday, lekin men gol urishda davom etish va jamoaga ushbu mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda yordam berishdan umidvorman. Umid qilamanki, jamoa bilan munosib tarzda xayrlashaman», — dedi Saloh Sky Sports nashriga bergan intervyusida.