Islom dini asosida yotgan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mazkur nufuzli xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildiraman.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston konfessiyalararo totuvlikni, mamlakatimiz faxri bo‘lgan noyob islom merosini targ‘ib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda e’tirof etilmoqda.
Kamtarona xizmatlarim e’tirof etilgani va har yili o‘tkaziladigan Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofotining hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilganimdan benihoya mamnunman.
Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz,
deb yozadi prezident yordamchisi.