Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Bugun Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili janob Eduards Stiprays bilan mazmunli va samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar e’tibor markazida bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva janob Stipraysning mintaqamizga oid boy kasbiy tajribasi ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi hamda ochiq va konstruktiv muloqot uchun minnatdorlik izhor etdi.

Kiritildi: 16:41 14.05.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!