Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva AQShdagi Metropoliten muzeyida bo‘ldi

A A A
Saida Mirziyoyeva AQShdagi Metropoliten muzeyida bo‘ldi

Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi vakillari – islom san’ati kuratori Navina Haydar va ko‘rgazmalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Kuinsi Xouton bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.

Qayd etilishicha, dunyodagi eng nufuzli muzeylardan biri O‘zbekiston delegasiyasini qabul qilgan.

Mirziyoyevaning yozishicha, uchrashuvda Metropoliten san’at muzeyi xodimlarining 2024 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilingan.

“Men uchun institutlar o‘rtasidagi muloqot juda muhim. Bu mutaxassislarning ichki rivojlanishi va madaniy almashinuviga turtki beradi. Shuningdek, uchrashuv davomida muzeylarimiz mutaxassislarining stipendiya dasturida ishtirok etishi va Metropoliten muzeyida malaka oshirish masalasini ham ko‘tardik”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Kiritildi: 14:34 27.03.2023. O'qildi: 1699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!