Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan uchrashdi.

“Samimiy mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muloqotni yuksak qadrlayman hamda yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar o‘tkazilishiga umid qilaman,” — deydi Saida Mirziyoyeva uchrashuv xususida.

Ma’lumot o‘rnida: Uchrashuv davomida AQSh Prezidenti Donald Trampning kichik qizi Tiffani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i, amerikalik biznesmen Maykl Bulos bilan ham muloqot bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!