Sahroi Kabir cho‘li o‘n yilliklar ichida birinchi marta qisman suv ostida qolishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Marokash hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim hududlarda sentyabr oyining ikki kunida o‘rtacha yillik ko‘rsatkichdan ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatilgan. AP ta’kidlashicha, Sahroi Kabir yer yuzidagi eng qurg‘oqchil joylardan biri, yilning shu davrida yomg‘ir ayniqsa kam uchraydi.
“Qisqa vaqt ichida juda bunday ko‘p yog‘ingarchilik bo‘lganiga 30-50 yil bo‘ldi” deydi Marokash meteorologiya markazi matbuot kotibi Hussin Yuabeb.
Uning so‘zlariga ko‘ra, meteorologlar ekstratropik bo‘ron deb ataydigan bunday yomg‘ir kelgusi oylar va yillarda mintaqadagi ob-havoni o‘zgartirishi mumkin, chunki havo ko‘proq namlikni ushlab turadi, bug‘lanish hamda yanada ko‘proq bo‘ronlarni keltirib chiqaradi.
Marokash va Jazoirdagi toshqinlar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgani xabar berilgan. Yomg‘ir dehqonlarning ekinlariga ham zarar yetkazgan. Qayd etilishicha, yog‘ingarchilik 6 yil davom etgan qurg‘oqchilikdan keyin yer osti suvlarini to‘ldiradi.