Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sadir Japarov Vladimir Putindan yordam so‘radi

Sadir Japarov Vladimir Putindan yordam so‘radi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Vladimir Putindan Tojikiston bilan chegara masalasini hal qilishda yordam berishni so‘radi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov “Birinchi radio” efirida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostona shahrida Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari o‘rtasida ochiq suhbat bo‘lib o‘tgan.

“Prezidentimiz Tojikiston bilan chegara masalasini hal qilishda yordam so‘rab Putinga murojaat qildi. Japarov: “Balki yordam berarsiz, chunki ikki tomonning hal qilishi qiyin, hammasi nizo bilan tugamoqda”, dedi. Rossiya tomoni o‘ylab, materiallarni ko‘rib chiqib, javob berishini ma’lum qildi”, – dedi Xavfsizlik kengashi rahbari.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya SSSRning vorisi sifatida arxiv hujjatlari va xaritalariga ega.

“O‘ylaymanki, muammo hal bo‘ladi”, deya Putinning so‘zlarini keltirdi Marat Imonqulov.

Payshanba kuni Putin, Japarov va Rahmon o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar chegara muammolarini hal qilish bo‘yicha qarashlari bilan bo‘lishishga hamda Moskvaga bu bilan bog‘liq hujjatlarni topshirishga kelishib oldi.

Kiritildi: 17:08 17.10.2022. O'qildi: 6289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!