Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solish bo‘yicha choralar to‘g‘risida Farmon qabul qilindi
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iz Respublikasi hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini tartibga solish bo‘yicha choralar to‘g‘risida” Farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, migrasiya qonunchiligini buzgan holda Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish maqsadida, Qirg‘iziston Respublikasi Konstitusiyasining 66, 70 va 71-moddalariga muvofiq:
1. 2025-yil 10-iyungacha migrasiya qonunchiligini buzgan holda Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga o‘z maqomini ixtiyoriy tarzda qonuniylashtirish imkoniyati beriladi.
2. Vazirlar Mahkamasiga chegaralangan muddatga mo‘ljallangan vaqtinchalik nizomni tasdiqlash topshiriladi. Bu nizom migrasiya qonunini buzgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning maqomini tartibga solish tartibini belgilaydi.
3. Quyidagi shaxslarga nisbatan javobgarlik bekor qilinadi, agar ular yuqoridagi nizom asosida ixtiyoriy ravishda maqomini qonuniylashtirsa:
vizasi, yashash guvohnomasi muddati o‘tganlar yoki bekor qilinganlar;
ro‘yxatdan o‘tmagan yoki mehnat faoliyati uchun ruxsatnomasi yo‘q shaxslar;
ruxsat muddati tugagan hujjatlardan foydalanayotganlar;
qonuniy muddat tugaganidan so‘ng chiqib ketmaganlar;
kirishda ko‘rsatilgan maqsadga zid ravishda bo‘lib turganlar;
tranzit qoidalarini buzganlar.
4. Ichki ishlar vazirligiga Qirg‘iziston hududida migrasiya qonunchiligini buzgan chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish topshirildi.
5. Tashqi migrasiya masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organlariga Farmonni to‘liq amalga oshirish, shu jumladan aholi orasida axborot-tushuntirish ishlarini olib borish topshirildi.
6. Farmon ijrosini nazorat qilish Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ijro etilishini nazorat qilish boshqarmasiga yuklatildi.