Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Sadir Japarov: Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara bahslarini yaqin orada hal qilish niyatida

Sadir Japarov: Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara bahslarini yaqin orada hal qilish niyatida

Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegara bahslarini yaqin orada hal qilishdan umid qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari Sadir Japarov Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalq qurultoyida aytib o‘tdi.

"Bizning asosiy maqsadimiz – har qancha qiyinchiliklarga qaramay, bir hukumatdan boshqa hukumatga o‘tib kelayotgan chegara muammolarini keyingi avlodga qoldirmay hal qilish. Hozir biz qo‘shni Tojikiston bilan chegara masalalarini hal qilishga kirishdik va muammoni tezroq bartaraf qilish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz", - dedi u.

Uning aytishicha, respublika koronavirus pandemiyasi va uning ortidan paydo bo‘lgan global siyosiy va iqtisodiy voqealarning salbiy oqibatlari bilan yuzma-yuz keldi.

"Yangi xatarlar va muammolar barcha mamlakatlarda, jumladan, Qirg‘izistonda ham paydo bo‘ldi. Ularning biri xavfsizlik masalasidir.

Mamlakatimiz yaxlitligiga tahdid solgan chegaradagi so‘nggi voqealar har bir qirg‘izistonlikni xavotirga soldi. Ochig‘ini aytganda, chegarachilarimiz va mahalliy aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘lgan fojiali voqealarga chegara chiziqlarini aniqlash ishlari oxiriga yetkazilmagani va noma’lum muddatga cho‘zilib ketgani asosiy sabab bo‘ldi", - deya ta’kidladi prezident.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston Prezidentining ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakat barcha qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoy bilan chegara masalalarini to‘liq hal qilgan, faqat Tojikiston bundan mustasno.

Kiritildi: 13:51 27.11.2022. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!