Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Saakashvilining sog‘ligi “qoniqarli” deb topilib, yana qamoqqa jo‘natildi — BBC

Saakashvilining sog‘ligi “qoniqarli” deb topilib, yana qamoqqa jo‘natildi — BBC

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisidagi “Vivamedi” klinikasidan chiqarilib, yana Rustavi shahridagi 12-sonli qamoqxonaga jo‘natildi. Penitensiar xizmatga ko‘ra, uning sog‘ligi hozir yaxshi holatda va u davolanishni davom ettirishga muhtoj emas.

Saakashvili 2021 yil sentyabr oyida maxfiy ravishda Gruziyaga qaytib kelgan va ortidan hibsga olingan edi. U qamoqda bir necha marta ochlik e’lon qilgan. 2022 yil may oyida sog‘ligi yomonlashgani sababli Tbilisidagi klinikaga o‘tkazilgandi.

Hozirda siyosatchi bir necha jinoyat ishlari bo‘yicha tayinlangan jazoni o‘tamoqda. Sud qarorlariga ko‘ra, u umumiy hisobda 12 yil 6 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Kiritildi: 16:30 13.11.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!