NATO Bosh kotibi Marko Ryutte agar harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirmasalar, rus tilini o‘rganishlari kerak, deya NATO davlatlarini qo‘rqitmoqda.
"Agar siz harbiylashtirishga sarflanadigan xarajatlarni 5 foizga, jumladan, mudofaa xarajatlari uchun 3,5 foizga oshirmasangiz, u holda sizda hali ham sog‘liqni saqlash tizimi, pensiya tizimi bo‘ladi, lekin keyin rus tilini o‘rganganingiz ma’qul", - dedi Ryutte Londondagi anjumanda. Bu haqda Telegraph nashri yozmoqda.
So‘nggi oylarda Ryutte o‘z chiqishlarida doimiy ravishda Rossiya va Xitoy tomonidan tahdidlar deb ataladigan narsaga ishora qilib, ittifoqchi davlatlarni harbiylashtirish xarajatlarini ijtimoiy xarajatlar hisobiga bir necha barobar oshirishga chaqirdi.
Iyun oyi boshida Ryutte mudofaa xarajatlarini YAIMning hozirgi 2 foizidan 3,5 foizigacha oshirishni va infratuzilmani rivojlantirish, harbiy sanoat va boshqa xavfsizlik bilan bog‘liq investisiyalar uchun YAIMning yana 1,5 foizini sarflashni taklif qilgan edi.