Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ro‘ziboyev UFC'dagi ikkinchi jangida ham g‘alaba qozondi

A A A
Ro‘ziboyev UFC'dagi ikkinchi jangida ham g‘alaba qozondi

AQShning Atlantik-Siti shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 241 turniri doirasida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga ko‘tarildi.

Asosiy kardda amerikalik Sedrik Dyumaga qarshi bahs olib borgan Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini texnik nokautga uchratdi. 1-raund yakunlanishiga 2 daqiqadan kam vaqt qolganida Dyuma ko‘zini ushlagan holda biroz sekinlashib qoldi, vaziyatdan unumli foydalangan o‘zbekisontlik jangchi esa tezlikni oshirdi va ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Dyumaning o‘zini himoya qila olmayotganini ko‘rgan hakam esa bahs to‘xtatdi.

Shunday qilib Ro‘ziboyev UFC'dagi ketma-ket ikkinchi g‘alabaga erishdi. 30 yoshli sportchi dastlab tashkilotda 2023 yil 1 iyul kuni braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi to‘qnashuvda zafar quchgandi. 28 yoshli Dyuma esa MMA'dagi karyerasi davomida uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Kiritildi: 09:30 31.03.2024. O'qildi: 987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!