Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Namoyishchilar "Erkinlik" va "Ikkinchi turni qaytaring" shiorlari bilan poytaxt Buxarest markazida yurish uyushtirishdi. Aksiya prezidentlikka nomzod Kelin Jorjesku yaqin vaqtlargacha a’zosi bo‘lgan “Ruminiyani birlashtirish uchun alyans” partiyasi tomonidan tashkil etildi. Jorjesku saylovnung birinchi turida qariyb 23 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Ruminiya Konstitusiyaviy sudi 6 dekabr kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarining birinchi turi natijalarini bekor qilgandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bunga Rossiyaning saylov jarayoniga aralashuvi sabab bo‘lgan.
Ruminiyaning amaldagi prezidenti Klaus Yoxannisning ma’lum qilishicha, mamlakat razvedkasi Rossiya TikTok va Telegram'dagi minglab akkauntlar orqali ultrao‘ngchi Kelin Jorjeskuni qo‘llab-quvvatlaganini aniqlagan.
Ruminiyada takroriy prezidentlik saylovlari may oyida o‘tkaziladi. Yoxannis yangi prezident saylangunga qadar o‘z vazifasini bajarishda davom etadi. Hozircha ultrao‘ngchi kuchlar nomzodi Kelin Jorjesku saylovlarda qatnashadimi-yo‘qmi, noma’lum. Bu uning saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha ayblovlar sababli Konstitusiyaviy sudning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.