Ruminiya prezidenti vazifasini bajaruvchi Ilie Boloyan mamlakat hududiga kirib kelgan dronlarni urib tushirishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda Digi24 nashri. Tegishli qonun loyihasi fevral oyida parlament tomonidan ma’qullangan.
Rossiya dronlari Ruminiya havo hududini bir necha bor buzgan, asosan Ruminiya chegarasi yaqinida joylashgan Dunaydagi Ukraina portlariga hujumlar paytida. Bu hodisalar 2023 yil yozidan boshlab kuzatila boshlangan, chunki aynan shu paytda Rossiya Ukraina infratuzilmasiga, ayniqsa Odessa viloyati va Ismoil hamda Reni kabi Dunay portlariga zarbalarni kuchaytirgan. Rossiya dronlarining qoldiqlari, jumladan, "Shahed-136" ("Geran") rusumli dronlar Ruminiya hududida, xususan, Tulcha va Breil chegara hududlarida topilgan. Masalan, 2023 yil sentyabr oyida dron parchalari topilgan bo‘lsa, 2023 yil dekabr oyida Grindu qishlog‘i yaqinida portlash natijasida paydo bo‘lgan voronka bilan havo hududi buzilgani qayd etilgan.