AQShning Yevropadagi harbiy-havo kuchlarining 100 ga yaqin harbiy xizmatchisi va 4 ta F-16 samolyoti Ruminiyaning Borche shahridagi (Kelerashi tumani) “leytenant Jorj Mochornitsa” aviabazasiga yetib keldi.
Bu haqda Ruminiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Report” .
Qayd etilishicha, AQSh harbiylari havo polisiyasining kuchaytirilgan missiyalarini bajaradi, shuningdek, Ruminiya harbiy-havo kuchlari va F-16 samolyotlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
AQSh qiruvchi samolyotlarining Ruminiyaga yetib kelishi mamlakat hududidan uch marta kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan uchuvchisiz uchoqlarning qoldiqlari topilganidan keyin sodir bo‘ldi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bir muddat avval AQSh Ruminiya havo hududini himoya qilish uchun NATO havo polisiyasi missiyasini kuchaytirish maqsadida Ruminiyaga qo‘shimcha kuchlar yuborishini ma’lum qilgan edi.