Ruminiya prokuraturasi prezidentlik saylovlarini noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha tergov doirasida Brashov shahrida tintuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Nashrga ko‘ra, tintuvlar prezidentlikka nomzodning saylovoldi kampaniyasini qonunga xilof ravishda moliyalashtirishga aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan. Bu mablag‘lar jinoyat yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan va keyinchalik pul yuvish jarayonida ishlatilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Aynan qaysi nomzodning siyosiy kampaniyasi tekshirilayotgani aytilmagan, lekin agentlikning ma’lum qilishicha, Ruminiya Milliy xavfsizlik kengashi bundan avvalroq mustaqil nomzod Kelin Jorjeskuning kampaniyasi haqidagi hujjatlarni oshkor qilgan edi.