Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi

Ruhiy kasalliklar shifoxonasida fuqaroni uning roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi

Murojaatga ko‘ra, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Murojaat Vakil nazoratiga olinib, holat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Mintaqaviy vakil fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo‘ymagani, shunga qaramasdan uni shifoxonaga joylashtirishgani va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazishgani hamda sog‘lom bo‘lganligi sababli javob berib yuborishganligini ma’lum qilgan.

Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqaro B.N.ning so‘zlari tasdiqlandi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan xolda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 18:08 24.06.2024. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!