Rejissyor Shavkat Jayron tomonidan 2017 yilda suratga olingan «Ruh 5:13» filmining 4 qismi 21 maydan boshlab Alisher Navoiy nomli kino saroyida namoyish qilinadi. Bu haqda «Xalq so‘zi onlayn»ga rejissyor Shavkat Jayron ma’lum qildi.
«Ruh 5:13 — 4» filmida bosh rollarni Madina Abdullayeva, Shuhrat Jayron, Shohista Xolmatova, Shohrux Islomov, Aziza Aripboyeva, Feruza Hasanova, Asliddin Rahimov, Dilnoza Satimovalar ijro qilgan.
Film prodyuseri Mirsaid Hakimov, operatori Nozim Tolipov, bastakor Doniyor Saidaliyevdir.