Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi Kamenskoye shahriga Rossiya kuchlarining tungi hujumi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va besh kishi yaralandi.
Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonada uch nafar yaralangan kishi, jumladan, 30 yoshli ayol reanimasiyada. Tibbiyot xodimlari yaradorlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda.
Hujumdan oldin Ukraina havo kuchlari Dnepr daryosi tomon harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi nishon haqida ogohlantirdi va tez orada bir nechta nishonlar borligini, ularning ba’zilari aynan Kamenskoye tomon yo‘nalganini aniqladi. Bu nishonlar shahardagi sanoat ob’ektiga zarba berdi.