Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRda 300 ga yaqin halok bo‘lgan va 2700 nafar yarador bor, deya aniqlik kiritdi agentlik manbasi. Reuters xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati o‘z askarlarini qo‘lga tushmaslik uchun o‘zini portlatib, o‘z joniga qasd qilishga undayotgan bo‘lishi mumkin. Asirga olingan shimoliy koreyalik askarlarni Janubiy Koreyaga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovlar yo‘q, biroq Seul bunday so‘rovlar kelib tushsa, Kiyev bilan hamkorlik qilishga tayyor, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 12-yanvar kuni rasmiy Kiyev asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Rossiyada asirlikda bo‘lgan ukrainaliklarga almashtirishni tashkil qila olsa, ularning yetakchisi Kim Chen Inga berishga tayyorligini aytdi. “Shubhasiz, KXDRdan qo‘lga olingan askarlar ko‘proq bo‘ladi”, — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ukraina va G‘arb davlatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun KXDRdan 11 mingga yaqin harbiy xizmatchi Kursk viloyatiga joylashtirilgan.