Rossiya nizoni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha memorandum loyihasini tayyorlashni yakunlamoqda va yaqin kelajakda uni Ukraina tomoniga topshirishni rejalashtirmoqda . Bu haqda Federasiya Kengashi raisi o‘rinbosari va Xalqaro aloqalar qo‘mitasi a’zosi Konstantin Kosachev ma’lum qildi.
"Memorandum bo‘yicha Rossiya ishlanmalari yaqin kunlarda qarama-qarshi tomonga o‘tkazilishini kutmoqdaman. "Menda bu ma’lumot bor", dedi u "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat ustida ishlash yakuniy bosqichda . Kosachevning ta’kidlashicha, loyihadagi shartlar hali oshkor etilmaydi.
Memorandum g‘oyasi Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning 19-may kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng muhokama mavzusiga aylandi.
Putin shundan so‘ng Moskva Ukraina tomoni bilan “tegishli kelishuvlarga erishilsa, ma’lum muddatga mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari”ni o‘z ichiga oladigan hujjat ustida ishlashga tayyorligini aytdi.
Bundan oldin, 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ro‘yxatini almashishga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiy tomonlar kelajakdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha o‘z qarashlarini batafsil bayon etish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Hujjatni tayyorlash fonida Rossiya TIV yuridik departamenti direktori Maksim Musixin memorandumni imzolash uchun Ukraina o‘z prezidentini o‘zgartirishi kerakligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiy “tashqi emas, balki ichki qonuniylikni ham anchadan beri yo‘qotgan”.