Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi qishloqlarning birida katta yong‘in yuzaga kelgan

A A A
Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi qishloqlarning birida katta yong‘in yuzaga kelgan

Sverdlovsk viloyati Nevyansk shahar okrugidagi Shaydurixa qishlog‘i aholisi yong‘in sababli evakuasiya qilinmoqda, voqea joyiga 3 ta avtobus jo‘natildi. Dam olish maskani hududidagi uylar yonmoqda, deb xabar qildi viloyat ma’muriyati.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qishloqda transport harakati cheklangan. Shu bois, evakuasiya uchun Mi-8 vertolyoti ham jalb qilingan.

Sverdlovsk viloyatining Nevyansk shahar okrugi o‘rmonlarida 21 iyulgacha favqulodda holat joriy etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shaydurixa qishlog‘ida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan uylar soni 40 taga yetgan.

Kiritildi: 23:39 12.07.2023. O'qildi: 1385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!