Rossiyaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga raketalar va dronlar bilan hujum qilindi. Bu haqda SyrianOSINT xabar berdi.
Bu Bashar al-Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Suriyadagi Rossiya harbiy ob’ektlariga birinchi hujumdir.
Hujumni aynan kim amalga oshirgani hozircha noma’lum, biroq Rossiya ommaviy axborot vositalari mazkur hujumda Suriyada hokimiyatga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi vakillarini ayblamoqda.