Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi qancha muddatga ta’sir qiladi?

A A A
Rossiyaning  "Sputnik V" vaksinasi qancha muddatga ta’sir qiladi?

Koronavirusga qarshi Rossiyaning Sputnik V vaksinasining ta’sir muddati ma’lum qilindi: Gamaleya markazining direktori Aleksandr Ginsburg, «Solovyev LIVE» YouTube kanalining efirida ushbu preparat ikki yildan ortiq kasallikdan saqlashi mumkinligini aytgan.

Fevral oyida Gamaleya markazi koronavirusning turli shtammlariga qarshi vaksinalarni tezda yaratadigan texnologiyani ishlab chiqdi. Markaz direktori Aleksandr Ginsburg rivojlanish to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga xabar berish rejalashtirilganligini ta’kidlagan.

Sputnik V inson adenovirusiga asoslangan dunyodagi birinchi ro‘yxatdan o‘tgan vaksinaga aylandi. Hozirgi vaqtda rus olimlarining vaksinasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro‘yxatidagi eng yaxshi vaksinaga nomzodlar o‘ntaligiga kirgan.

Kiritildi: 18:45 15.03.2021. O'qildi: 4436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!