Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev shu sababdan fevral va mart oylarida Yevropadan 800 million metr kub gaz import qilishni rejalashtirmoqda.
"Biz bu isitish mavsumida importga ehtiyoj sezmasligimiz mumkin edi, biroq ishlab chiqarishga qilingan hujumlar ichki qazib olish hajmining kamayishini qoplash uchun gaz import qilishga majbur qilyapti", – deya izoh berdi Reuters manbasi.
Ukraina fevral oyi boshida gaz importini oshirishni boshlagan bo‘lib, shundan beri import hajmi deyarli 10 barobar oshdi va kuniga 20 million metr kubdan oshdi.