Fransiya Ukrainaga uzoq masofali SCALP raketalarini yetkazib berganlik uchun javobgarlik darajasini anglamog‘i shart. Bu haqda Rossiyaning Parijdagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Fransiya tomoni bu qarorni qabul qilganlik munosabati bilan u o‘z zimmasiga olayotgan javobgarlik darajasini anglamog‘i shart”, - deyiladi elchixona xabarida.
Rossiya elchixonasi Parijning bu qaroridan hafsalasini pir bo‘lganini ma’lum qilgan va Kiyev rejimi bu qanotli raketaning Britaniya muqobilidan turar joy hamda fuqarolik infratuzilmalari ob’ektlariga zarba berish uchun foydalanayotganini ta’kidlagan. Natijada tinch aholi halok bo‘lmoqda.
Avvalroq "Reuters" nashri Fransiya Ukrainaga jami 50 ta uzoq masofali SCALP raketalarini yetkazib berishi haqida xabar qilgan edi.
"Frans Press" agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi SCALP raketalari allaqachon Ukraina hududiga olib kirilgan.