Rossiya va Suriya terma jamoalari 19 noyabr kuni o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga kelishib oldi.
“Biz Rossiya futbol ittifoqi bilan Suriya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha kelishib oldik. Bugun rasman ushbu uchrashuv 19 noyabr kuni Rossiyada bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qilishimiz mumkin.
Tanlash kerak bo‘lgan yagona narsa — bu o‘yinni o‘tkazish uchun stadion — biz Moskva, Sankt-Peterburg va Volgograd o‘rtasida tanlov qilamiz. Yaqin orada Rossiya tomoni va biz birgalikda o‘yinning aniq joyini kelishib olamiz”, dedi Suriya futbol assosiasiyasining xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Emad Amiri.
Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 92 o‘rinda qayd etilgan.