Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Mordoviya Respublikasida bo‘lgan voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasida bo‘lgan voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriasiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uzoq vaqt davom etgan tadbirlar natijasida Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan bolalarini Vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz diplomatlar, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.

Ta’kidlash kerakki, Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriasiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

Kiritildi: 02:01 25.12.2024. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!