Xabarlarga ko‘ra, MAX messendjeri Huawei qurilmalari uchun mo‘ljallangan AppGallery ilovalar do‘konidan Rossiyadan tashqari barcha mamlakat foydalanuvchilari uchun yo‘qolib qoldi.
Biroq, bu holat ilova uchun unchalik muhim emas, chunki uni faqat Rossiya va Belarus sim-kartalari yordamida o‘rnatish mumkin va chet eldagi foydalanuvchilar ulushi juda kam.
Ma’lum bo‘lishicha, muammo barcha foydalanuvchilarga ta’sir qilmaydi. Ilova VPN’dan foydalanganda, masalan, Yevropa serverlari bilan ko‘rsatilmay qoldi, Rossiyada joylashgan foydalanuvchilar uchun esa uni yuklab olish mumkin va hatto do‘konning bosh sahifasida ham mavjud.
Shunday qilib, Max aslida Rossiyadan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun AppGallery’da yashirilgan, ammo to‘liq olib tashlanmagan. Cheklovlarning sabablari ham ochiqlanmagan
Avvalroq MAX messenjeri ilovasi Apple'ning iPhone qurilmalaridagi App Store do‘konidan, shu jumladan Rossiyada ham yo‘qolgan edi.