Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning “Lukoyl” va “Transneft” kompaniyalariga qarashli ob’ektlarda dronlar hujumidan keyin yong‘in chiqdi

Rossiyaning “Lukoyl” va “Transneft” kompaniyalariga qarashli ob’ektlarda dronlar hujumidan keyin yong‘in chiqdi

Bu haqda Astra xabar bermoqda

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Volgograd viloyati Kotovo shahridagi Korobkov gazni qayta ishlash zavodida dron hujumidan keyin yong‘in chiqqani haqida mahalliy aholi xabar bergan. Astra'ning qayd etishicha, bu korxona Janubiy federal okrugdagi eng yirik tabiiy gazni qayta ishlovchi zavod hisoblanadi.

Shuningdek, “Transneft” kompaniyasiga qarashli “Efimovka” neftni qayta ishlash korxonasi hududida ham yong‘in qayd etilgan.

"Yong‘inlar NASA'ning FIRMS yong‘inlarni sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish tizimi ma’lumotlari bilan ham tasdiqlangan", deyiladi Astra xabarida.

Volgograd gubernatori Andrey Bocharov dron hujumlaridan so‘ng “yoqilg‘i-energetika majmuasiga oid ob’ektlar yonayotgani”ni tasdiqlagan.

Kiritildi: 21:35 09.10.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!