Rossiyaning Kiyevga hujumi oqibatida 24 qurbon bo‘ldi. Zelenskiy Ukraina javob zarbalari berishini bildirdi.
Rossiya armiyasi tomonida Kiyev shahriga uyushtirilgan havo zarbalari oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi, yana 47 nafar odam jarohatlandi. Eng jiddiy oqibatlar Ukraina poytaxti Kiyevda qayd etildi. Shaharda 15 may motam kuni deb e’lon qilindi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bunga javoban Rossiyaga “yalpi zarbalar” yo‘llashga tayyorlanishni buyurdi.
"Ukraina Mudofaa kuchlari va maxsus xizmatlariga ushbu zarbaga ehtimoliy javobimiz bo‘yicha formatlar taklif qilishni topshirdim. Bu “urush tugamoqda” deb hisoblaydiganlarning harakatlari emas. Ittifoqchilarimizni Ukraina osmonini himoya qilishni davom ettirishga chaqiraman", — dedi Zelenskiy.
Rossiya harbiylari deyarli ikki kun davomida Ukrainaga kombinasiyalashgan zarbalar berdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida 1567 ta dron va 56 ta raketa uchirilgan.