Rossiyaning 28 avgustga o‘tar kechasi Kiyevga uyushtirgan ommaviy zarbasi qurbonlari soni 23 kishiga yetdi, ulardan to‘rt nafari bola.
Bu haqda Kiyev davlat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Timur Tkachenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.
"Afsuski, Kiyevda halok bo‘lganlar soni 23 nafarga yetdi", — dedi u.
Avvalroq 21 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, hujumda kamida 63 kishi jarohatlangan, ulardan 35 nafari kasalxonaga yotqizilgan.