Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiyaning harbiy xarajatlari 190 milliard dollarga yetdi

Rossiyaning harbiy xarajatlari 190 milliard dollarga yetdi

Bu Sobiq Ittifoq davridan keyingi rekord ko‘rsatkich, deyiladi Stokgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (SIPRI) keltirgan ma’lumotlarda

Stokgolm xalqaro tinchlik muammolarini tadqiq qilish instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yildan beri armiyaga ajratilayotgan mablag‘lar 5,9 foizga, urushdan oldingi davrga nisbatan esa 96 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, SSSR 1987-1990 yillarda mudofaa uchun yiliga 218-245 milliard dollar sarflagan.

SIPRI hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada harbiy ehtiyojlar uchun soatiga o‘rtacha qariyb 22 million dollar sarflanmoqda. Mamlakatning zamonaviy tarixida ilk bor barcha davlat xarajatlarining 20 foizi armiyaga yo‘naltirilgan.

Byudjetning bevosita harbiy qismidan tashqari, qurilish, ta’lim va ijtimoiy siyosat kabi boshqa sohalarda ham yashirin harbiy xarajatlar mavjud. Yakunda umumiy harbiy xarajatlar deyarli 16 trillion rublni tashkil etgan — bu federal byudjetning qariyb 38 foizi demakdir. Harbiy byudjet hajmi bo‘yicha Rossiya dunyoda AQSh (954 mlrd dollar) va Xitoydan (336 mlrd dollar) keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!