Ruminiyada to‘rtta qiruvchi samolyot Rossiyaning droni tomonidan chegara hududi buzilganlikda gumon qilinib, havoga ko‘tarildi, deb yozadi xorijiy OAV.
Shanba oqshomida Ruminiyaning qora dengiz sohilida ikkita Ruminiya va ikkita ispan qiruvchisi havoga ko‘tarildi, chunki radarlar Ruminiya havo hududiga uchayotgan rus droniga o‘xshagan narsani payqadi, deya xabar beradi mudofaa vazirligi.
Qiruvchi samolyotlarning uchuvchilari dronni vizual kuzatmagan, deyiladi xabarda.
Ruminiya radiolokasion stansiyalari mahalliy vaqt bilan soat 02:30 atrofida Dunay deltasidagi Sfinta Georgiye qishlog‘idan 45 km uzoqlikda dengiz ustida kichik havo nishonini aniqladi. O‘tgan tunda xuddi shunday hodisa qayd etilgan, o‘shanda razvedka uchuvchisi Konstans portidan 19 km sharqda kuzatilgan.