10 iyuldan boshlab Finlyandiyaga biznes maqsadida kelgan Rossiya fuqarolari mamlakatda qolish uchun asosli sabab ko‘rsatilgan taqdirdagina chegarani kesib o‘tishlari mumkin. Xuddi shu narsa Finlyandiyada ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan ruslar uchun ham amal qiladi. Bundan tashqari, Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, chegarani biznes vizasi bilan kesib o‘tganlar uchun mamlakat orqali tranzit o‘tkazish taqiqlangan.