Rossiyaning xakerlik guruhlaridan biri FTP uzatish tizimi orqali Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ma’lumotlar bazasiga kirganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Armaniston matbuoti xabar tarqatdi, deb yozadi «Report» .
Xakerlar hukumatdan ularning hisobiga 2,5 million dollar o‘tkazishni talab qilgan. Aks holda, ma’lumotlar bazasi keyingi 48 soat ichida yo‘q qilinadi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyun oyida Armaniston prezidenti, bosh vaziri va huquq-tartibot idoralarining rasmiy veb-saytlariga uyushtirilgan hujumni o‘sha xakerlar guruhi uyushtirgan bo‘lishi mumkin.