Rossiyaning «Novie lyudi» partiyasi yetakchisi Aleksey Nechayev «Bir sinfga — bir migrant» tashabbusi bilan chiqdi.
Nechayevga ko‘ra, sinfda migrant-bolalar sonini bir nafargacha qisqartirish mamlakatda ta’lim sifatini oshirarmish.
Ayrim sinflar 20-30 foiz migrantlardan iborat, bu moslashish jarayonini qiyinlashtirib, ham rossiyalik, ham chet ellik bolalarning ta’lim olish samaradorligini pasaytirmoqda, dedi u.
Migrant-bolalarning sinflarda teng taqsimlanishi sinfdoshlar o‘rtasidagi til to‘sig‘ini deyarli yo‘qotib, o‘qituvchilar ancha yukdan xalos bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi «Yangi odamlar» yetakchisi.
Yakkalangan bolaning taqdiri nima bo‘lishi haqida siyosatchi lom-mim demagan.