Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyalik mahbuslar ularni Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga majburlash maqsadida do‘pposlashayotganidan shikoyat qilmoqda — “Sibir Realii”

 Rossiyalik mahbuslar ularni Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga majburlash maqsadida do‘pposlashayotganidan shikoyat qilmoqda — “Sibir Realii”

"Gap Rossiyaning Volgabo‘yi, Markaziy va Sibir mintaqalaridagi erkaklar koloniyalarida sodir bo‘layotgan kaltaklashlar haqida ketmoqda", deb yozadi nashr mahkumlarning qarindoshlari va tanishlariga tayanib.

"So‘nggi bir oy ichida kaltaklashlar kundalik tartibdagi harakatga aylangan, xuddi tekshiruvda saf tortishdek. Kim kolonniyaga tushsa, ularni urushga olib ketishyapti", — dedi tanishi Volga Federal okrugidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan manba.

Tula viloyatidan bir mahbusning yaqinlari koloniyaga OMON va FSB xodimlari kelib, kim duch kelsa, barchasini kaltaklashganini aytishgan.

"FSB xodimlari kelishi bilan 15 nafar rus bo‘lmagan mahbusga shartnoma imzolatishdi, qolganini “Lefortovo”ga olib ketishdi, yo‘lda agar shartnoma imzolamasanglar, “ishlaringni ekstremizm bilan bog‘laymiz” deb qo‘rqitishgan. Rus millatidagi mahbuslarni esa rahbariyat alohida chaqiradi, agar Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortsa, ularni ham kaltaklaahadi", — degan mahbuslardan biri.

“Sibir.Realii” ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil kuzidan boshlab ayrim koloniyalar yarmiga bo‘shab qolgan. Nashr suhbatdoshlarining tushuntirishicha, bu gumonlanuvchi va ayblanuvchilarni urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri vaqtinchalik saqlash hibsxonalaridan yollashayotgani bilan bog‘liq.

Kiritildi: 14:45 22.07.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!