Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyalik deputatlar ikki fuqarolikka ega rossiyaliklar uchun soliqlarni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Rossiyalik deputatlar ikki fuqarolikka ega rossiyaliklar uchun soliqlarni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Deputatlar Mixail Delyagin va Nikolay Novichkov Rossiya Davlat dumasiga ikki fuqaroligi bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun soliqlarni ikki baravar oshirish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini taqdim etdi, deb yozadi «Parlamentskaya gazeta».

Tashabbus mualliflari olti oy muddatda Belarus, Abxaziya va Janubiy Osetiyadan tashqari boshqa davlatlar fuqaroligidan chiqmagan, tug‘ilish bo‘yicha Rossiya Federasiyasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlari, transport vositalari va mol-mulkiga ikki tomonlama soliq stavkasini belgilashni taklif qilmoqda.

Bu «xorijiy davlatlar bilan barqaror siyosiy va huquqiy aloqalarga ega bo‘lgan fuqarolar sonini minimallashtirishga imkon beradi, bu Rossiyada qonuniy hokimiyatni mustahkamlashga yordam beradi», deb hisoblaydi parlament a’zolari. Bundan tashqari, ushbu chora Rossiya budjetining daromad qismini oshirishga yordam beradi.

O‘zgartirishlar mualliflari qonun loyihasini o‘zlari tomonidan ilgari kiritilgan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.

Hujjat Rossiya pasportini olgan xorijliklarni 6 oy ichida boshqa fuqaroligidan voz kechishga majburlashni taklif qiladi.

Kiritildi: 13:11 04.10.2024. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!