Bugun 17 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»

Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»

Rossiya davlat dumasi deputati Sergey Morozov Yekaterinburgda o‘tkazilgan «Rossiya shaharlari» forumida oliy ma’lumotli kishilarning kurerlik qilishini «vatanparvarlikka zid», deya ta’rifladi.

«Ikki yildirki (talabalar o‘rtasida) so‘rov o‘tkazyapmiz. Kimlardir pissa va boshqa narsalar tashib yuribdi. Moskvadagi nufuzli universitetlarni tamomlagan yoshlarning 40 foizi mutaxassisligi bo‘icha ishlashni istamayapti! Bu mamlakatga nisbatan vatanparvarlikka zid, boshqacha aytish mumkinmas», — dedi deputat.

«Yagona Rossiya» partiyasi a’zosi boshqa deputatlar bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini «o‘ta muhim» sohalarga biriktirib qo‘yish majburiyati yuklanadigan qonun loyihasi ustida ishlashayotgani haqida ma’lum qildi.

«Migrant servis» agentligi tahlilchilariga ko‘ra, sentyabr oyi boshlarida migrantlarning ommaviy deportasiya qilinishi fonida kurerlarga to‘lanadigan ish haqi maksimumi 155 ming rublga yetgan. Bu endi ish boshlayotgan IT-mutaxassislar maoshi bilan teng, deb yozgan Forbes.

Kiritildi: Bugun 00:03. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!