Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishining sharti bor - Shols

A A A
Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishining sharti bor - Shols

Germaniya kansleri Olaf Shols Moskva Kiyev bilan «adolatli» kelishuvga erishmaguniga qadar Rossiyaga qarshi joriy etilgan yangi sanksiyalar bekor qilinmasligini aytdi.

«Ukraina bilan adolatli kelishuv bo‘lmasa sanksiyalar amal qilishda davom etadi»,— dedi Shols G7 mamlakatlari rahbarlari sammitidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Germaniya kansleri shuningdek, Xitoyni Rossiyaga qarshi kiritilgan xalqaro cheklovlarni buzmaslikka chaqirdi.

«Biz buni barcha muzokaralarimiz davomida talab qilamiz»,— dedi u.

23 iyun kuni Kreml Ukraina bilan tinchlik rejasi faqat Ukraina tomoni Rossiyaning barcha talablarini bajarganidan keyin amalga oshishi mumkinligini bildirgandi.

Kiritildi: 23:56 28.06.2022. O'qildi: 8489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!