Rossiyaga qarshi sanksiyalar AQShga $300 mlrd zarar keltirdi.
Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Bayden ma’muriyati Rossiya iqtisodiyoti haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otgan, aslida esa sanksiyalar AQShning o‘ziga ko‘proq zarar yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta yo‘qotish IT-kompaniyalar va media sohasiga to‘g‘ri kelib, zarar $123 mlrd deb baholanmoqda.