Gap mamlakat sobiq mudofaa vaziri Ali Shamxoniyning o‘g‘li Husayn Shamxoniy haqida ketmoqda.
Bloomberg'ga ko‘ra, kichik Shamxoniy Kaspiy dengizi orqali Rossiyaga qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar guruhiga kiradi.
Agentlikning yozishicha, u Eron qurollarini Moskvaga sotishda "asosiy rol o‘ynaydi. Shamxoniy, xususan, Eron va Rossiyadan neft va neft mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniyalar guruhiga, o‘nlab kemalardan iborat flotga egalik qiladi. 2023 yilda unga tegishli kamida ikkita kema qurol-yarog‘, dron qismlari va ikkilamchi maqsadli mahsulotlarni Rossiyaga yetkazib bergan.