Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyadan yana 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik maxsus poyezdlarda vatanga qaytariladi

Rossiyadan yana 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik maxsus poyezdlarda vatanga qaytariladi

Rossiyaning Volgograd viloyati Voljskiy shahridan O‘zbekiston fuqarolarini Toshkentga olib kelish uchun oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining boshida to‘qqizta maxsus poyezd tashkil qilinadi. Bu haqda Voljskiy shahri temir yo‘llari kompaniyasiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poyezdlar «Voljskiy» bekatidan 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31 oktyabr, shuningdek, 1 va 2 noyabr kunlari yo‘lga chiqadi. Har bir poyezd tarkibida 20 tadan vagon bo‘lib, ular 938 nafar yo‘lovchini qabul qilishga mo‘ljallangan. Poyezdlar Rossiya hududi bo‘ylab to‘xtamasdan harakat qiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temir yo‘l kassalaridan O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgan holda xarid qilishi mumkin. Bundan tashqari, chiptalarni internet orqali ham sotib olish mumkin.

Nashrning yozishicha, Rossiya Transport vazirligi hamda «Rossiya temir yo‘llari» sentyabr oyining oxirida va oktyabr oyining boshida O‘zbekiston fuqarolarini o‘z uyiga qaytarish uchun Voljskiy—Toshkent yo‘nalishida o‘nta maxsus poyezd tashkil qilgan va umumiy hisobda 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik o‘z yurtiga qaytarilgan.

Kiritildi: 09:02 22.10.2020. O'qildi: 1759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!