Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyadan 918 nafar hamyurtimiz yo‘lovchi poyezdida O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadan 918 nafar hamyurtimiz yo‘lovchi poyezdida O‘zbekistonga qaytarildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.  

Joriy yilning 10 avgust kuni Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd bugun 918 nafar yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib keldi.   

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi.

Kiritildi: 18:20 13.08.2020. O'qildi: 2694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!