Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyada yo‘lovchi qiz o‘zbekistonlik taksichini haqoratlab, boshiga tepdi (VIDEO)

A A A
Rossiyada yo‘lovchi qiz o‘zbekistonlik taksichini haqoratlab, boshiga tepdi (VIDEO)

Sankt-Peterburgda qiz o‘zbekistonlik taksichini avvaliga kamsitib, keyin boshiga tepdi.

Yo‘lovchi avvaliga taksi haydovchisi bilan uzoq vaqt janjal qildi, kamsitdi va manziliga yetib kelganida uning boshiga ikki oyog‘i bilan tepdi. "Agar sen taksi haydovchisi bo‘lsang, mehribon bo‘l, jim o‘tir", dedi qiz.

Qizning yonidagi yo‘lovchi uni tinchlantirishga urindi, ammo foydasi bo‘lmadi. Qiz taksi haydovchisiga mashinada u xo‘jayin ekanligini aytib, undan ko‘p pul topishini ta’kidladi.

Manzilga yaqinlashganida esa qiz oyoqlarini haydovchi o‘rindig‘ining orqa tomoniga qo‘ydi. Taksi haydovchisinining "oyog‘ini joyiga qo‘yish" haqidagi iltimoslariga e’tibor bermadi. Keyin esa tepdi.

Kiritildi: 11:28 07.07.2022. O'qildi: 10970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!